TIBEX — bemorlarni ro'yxatga olish, qabul navbatini boshqarish, to'lov va qarzdorlikni kuzatish hamda laboratoriya natijalarini yuritish uchun futuristik veb-tizim. Bu sahifa uning ochiq kodli frontend-simulyatsiyasi.
TIBEX bemorni ro'yxatga olishdan tortib, shifokor qabuli, to'lov va laboratoriya natijalarigacha bo'lgan butun jarayonni bitta platformaga jamlaydi. Backend Python/FastAPI, AES-256-GCM shifrlash. Demo esa faqat frontend vitrina.
Ro'yxatga olish, tahrirlash, soft-delete, allergiya va surunkali kasalliklar tarixi, davolanish vaqt chizig'i.
State-machine: kutmoqda → qabulda → yakunlandi, kechiktirish va bekor qilish sabablari bilan.
Mutaxassislik, malaka toifasi, narxnoma va ish jadvali — har biri uchun alohida profil.
Real vaqtda qarz hisobi (narx − to'langan) va ikki bosqichli qaytarim: admin bekor qiladi, kassir qaytaradi.
20+ standart shablon, me'yoriy qiymatlar va me'yordan chetga chiqishni avtomatik aniqlash.
Audit jurnali, kirish loglari, muvaffaqiyatsiz urinishlar va xodimlar orasidagi xavfsizlik xabarlari.
Backend Python 3.11+ va FastAPI ustida qurilgan, SQLAlchemy 2.0 va Alembic orqali ma'lumotlar bazasi bilan ishlaydi. Frontend — Jinja2, Vanilla JS, Chart.js. Ushbu demo esa xuddi shu vizual tildan foydalangan holda, to'liq mustaqil HTML/CSS/JS bilan qayta qurilgan.
Demo login sahifasida shu 6 rolning har biriga bir zumda kirib, interfeys ularga qanday ko'rinishini solishtirib ko'rishingiz mumkin.
| Rol | Kirish huquqi |
|---|---|
| Admin | To'liq huquq — barcha bo'limlar, foydalanuvchilar, zaxira nusxa |
| Qabulxona | Bemorlar, qabul (navbat) va to'lovlarni yuritish |
| Shifokor | O'z qabullari, tahlil natijalari, davolanish tarixi |
| Kassir | Faqat to'lovlar va ikki bosqichli qaytarimlar |
| Lab. shifokor | Faqat tahlil natijalari va o'ziga biriktirilgan bemorlar |
| Yordamchi admin | Faqat o'qish — hisobotlar, audit jurnal, xodimlar ro'yxati |
Hozircha ko'rayotganingiz frontend simulyatsiya. Backend (FastAPI + PostgreSQL), SMS orqali bemor portali va Telegram eslatmalari ustida ish davom etmoqda.